“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi

2026-yil 6-aprel kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida ham “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalariga rasman start berildi. Tadbirni institut ijrochi direktori Azizbek Baxodirov ochib berdi. U o‘z nutqida ushbu musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Musobaqalar oliy ta’lim muassasalarida aprel–may oylarining “Sog‘lomlashtirish va sport oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ushbu musobaqalar dasturiga sportning bir nechta turlari kiritilgan Institut bosqichida sport turlari bo‘yicha g‘olib chiqqan yosh sportchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Mazkur olimpiada talabalarning nafaqat sport mahoratini, balki jamoada ishlash va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.