Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilanganidan kelib chiqib navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni institut ijrochi direktori Azizbek Baxodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb egallashi hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va jamiyat hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi. Tadbirda Toshkent viloyati Qibray tumani prokurori adliya maslahatchisi Samir Arshidinov, Qibray tumani Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Podpolkovnik Xojiakbar Toshmatov, Qibray tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Podpolkovnik Jamshid Tilyaboyev hamda Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rovshan Boboyev ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashshabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi naqadar muhim va dolzarb ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbir davomida yoshlar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirib, takliflarini ham ilgari surdilar. Mehmonlar esa yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish uchun doimo ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Mazkur uchrashuv yoshlar uchun nihoyatda foydali va mazmunli tarzda tashkil etildi. Tadbir yakunida yoshlar tomonidan berilgan takliflar, tashabbuslar va savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi.